Tibbiy Bint

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

STERILLANGAN TIBBIY DOKALI BINT

TA'RIFI:

Sterillangan paxta tolali dokali tibbiy bintni lenta shaklidagi okartirilgan dokadan tayyorlangan boʻlib, bir tekis dumaloq yoki bir oz yassi silindrga oʻraladi. Bintlar maqsadiga qarab, turli kenglik va uzunliklarda tayyorlanadi.


QOʻLLANISH SOHASI:

Bint yaralarni ifloslanishdan himoya qilish uchun moʻljallangan, ochiq yaralarda, shuningdek, operasiyalarda bogʻlov materiallari sifatida foydalaniladi. Ishlatishdan oldin bintni bukib, pergament lobigini yirtib oling,


QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR: 

Mavjud emas.


CHIQARILISH SHAKLI:

Bintlar sterillangan boʻlib, oval yoki toʻgʻri burchak shaklidagi presslangan lenta koʻrinishida tayyorlanadi. Bintlar alohida-alohida, pergament kobiqlarga oʻraladi.


SAQLASH SHAROITI:

Bintlar quruq, shamollatiladigan xonada yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq ifloslanish, mexanik shikastlanish va quyosh nurlari ta'sirining oldini oladigan sharoitda, nisbiy namlik 70 % boʻlganda havo harorati (250S dan ortiq) va past (00S) boʻlishiga yoʻl koʻymasdan saqlansin. Buyumlarni uzoq vaqt davomida salbiy harorat, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri tushishi va haddan tashqari jismoniy bosim ta'siriga tushib qolishi, tavsiya etilmaydi.


SAQLASH MUDDATI: 

5 yil.


DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI: 

Shifokor reseptisiz.


ISHLAB CHIKARUVCHI:

«FAZO-LUXE» MCHJ

Oʻzbekiston Respublikasi, 111103

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Guliston QFY, Ohangrabo koʻchasi 21.

Telefon: (9989 71) 223-41-99; 71- 223-41-99

E-mail: fazo-luxe@inbox.ru



QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA

STERILLANGANMAGAN TIBBIY DOKALI BINT

TA'RIFI:

Sterillanmagan paxta tolali dokali tibbiy bintni lenta shaklidagi oqartirilgan dokadan tayyorlangan boʻlib, bir tekis dumaloq yoki bir oz yassi silindrga oʻraladi. Bintlar maksadiga qarab, turli kenglik va uzunliklarda tayyorlanadi.


QO’LLANISH SOHASI:

Bint yaralarni ifloslanishdan ximoya kilish, boglamlarni tutib turish va gips boʻlaklarini qoʻyish uchun moʻljallangan.


QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR: 

Ochiq yaralarda foydalanilmasin.


CHIQARISh SHAKLI:

Bintlar sterillanmagan boʻlib, oval yoki toʻgʻri burchak shaklidagi presslangan lenta koʻrinishida tayyorlanib, polietilen paketlarga oʻraladi.


SAQLASH SHAROITI:

Bintlar quruq, shamollatiladigan xonada yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq ifloslanish, mexanik shikastlanish va quyosh nurlari ta'sirining oldini oladigan sharoitda, nisbiy namlik 70% boʻlganda havo harorati yuqori (250C dan ortiq) va past (00C) boʻlishiga yoʻl qoʻymasdan saqlansin. Buyumlarni uzoq vaqt davomida salbiy harorat, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri tushishi va haddan tashqari jismoniy bosim ta'siriga tushib qolishi, tavsiya etilmaydi.


SAQLASH MUDDATI: Cheklanmagan.


DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI: Shifokor reseptisiz.


ISHLAB CHIQARUVCHI:

 «FAZO-LUXE» MCHJ

Oʻzbekiston Respublikasi, 111103

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Guliston QFY, Ohangrabo koʻchasi 21.

Telefon: (9989 71) 223-41-99; 71- 223-41-99